Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI
янв.21
24 ta tavsiya amalda: Deputatlar yangi maktab qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi nazoratda: Uzun tumanida “Ochiq budjet” loyihalari ijrosi oʻrganilmoqda
янв.21
"Beshkapa" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq manfaati yo‘lida: Fuqarolar qabuli va saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat Azamjon Kamolov 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Uzun tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari harbiy qismda oʻtkazilgan “Eng faol harbiy kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: "Ochiq budjet" loyihalari ijrosi o‘rganildi
Saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 4-«Paxtakor» saylov okrugidan saylangan O‘zLiDeP deputati N.Babayev tomonidan “Paxtakor” MFY hududida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🇺🇿 Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
🇺🇿 Shuningdek, deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berilib, aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Uchrashuv yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Uchrashuvda “Paxtakor” MFY yettiligi hamda kammunal soxa rahbarlari, kotibiyat mudiri X.Ibragimova va bosh mutaxassis U.To‘ychiyevlar ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3