Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI
янв.21
24 ta tavsiya amalda: Deputatlar yangi maktab qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi nazoratda: Uzun tumanida “Ochiq budjet” loyihalari ijrosi oʻrganilmoqda
янв.21
"Beshkapa" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq manfaati yo‘lida: Fuqarolar qabuli va saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat Azamjon Kamolov 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Uzun tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari harbiy qismda oʻtkazilgan “Eng faol harbiy kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: "Ochiq budjet" loyihalari ijrosi o‘rganildi
Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi

Sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari deputat tomonidan o‘rganildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari asosida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalarda sport infratuzilmasining holatini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Ushbu o‘rganishlar aholining, ayniqsa bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, mavjud sport inshootlarining texnik holatini baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

🇺🇿 Navbatdagi o‘rganishlar xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "10-Oqmasjid" saylov okrugi deputati Abdullayev Farxod Ravshanovichning saylov okrugi hududida olib borildi. Jarayonda hududdagi sport infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari hamda mavjud sport maydonchasining texnik holati atroflicha o‘rganildi.

🕯 O‘rganish davomida hududdagi sport maydonchasi uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgani sababli uning ayrim qismlari jiddiy ta'mirtalab holatga kelgani aniqlandi. Xususan, maydon qoplamasining eskirgani, ayrim joylarida yemirilishlar kuzatilayotgani, sport jihozlarining ta'mirga muhtojligi hamda hududning umumiy obodonlashtirish darajasi zamonaviy talablarga to‘liq javob bermasligi qayd etildi.

🔼 Shu bois sport maydonchasini joriy ta'mirlash, unga tutash hududni obodonlashtirish, piyodalar yo‘laklarini ta'mirlash hamda hududning yon devorlarini barpo etish zarurligi yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi. Ushbu ishlarning amalga oshirilishi yoshlar va aholining sport bilan xavfsiz hamda qulay sharoitlarda shug‘ullanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 O‘rganishda Quyi Darxon mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi Alimov Dilshod Qasimovich, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

📝 Aniqlangan muammolar belgilangan tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish maqsadida Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish yuzasidan tegishli deputatlik so‘rovini kiritish rejalashtirildi.

🗂 Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ–1123-son "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonuni hamda sohaga oid davlat siyosati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga xizmat qilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ilgari surilgan takliflarning amaliy ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.

📊 Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hududdagi sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zamonaviy va xavfsiz sharoit yaratish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8