Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI
янв.21
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.
янв.21
24 ta tavsiya amalda: Deputatlar yangi maktab qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi nazoratda: Uzun tumanida “Ochiq budjet” loyihalari ijrosi oʻrganilmoqda
янв.21
"Beshkapa" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq manfaati yo‘lida: Fuqarolar qabuli va saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat Azamjon Kamolov 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Uzun tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari harbiy qismda oʻtkazilgan “Eng faol harbiy kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: "Ochiq budjet" loyihalari ijrosi o‘rganildi
#24_ta_masala 📌 Bog‘bon mahallasida yoshlar bilan ishlash va bandlikni ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov, tuman Kengashi deputati M.Raximov tomonidan Bog‘bon mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ular bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi K.Mahmudov tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, 2026-yilning yanvar-may oylarii davomida 15 nafar ishsiz yoshning o‘zini o‘zi band qilishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda ta’lim olish orqali bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 2 nafar og‘ir toifadagi yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Probatsiya nazoratida bo‘lgan 2 nafar yosh bilan olib borilgan manzilli ishlar natijasida ular sog‘lom turmush tarziga qaytarilib, hisobdan chiqarildi.

Bundan tashqari, 3 nafar yoshning kasb-hunarga o‘qitilishi tashkil etildi. Mahalladagi 700 ga yaqin yoshlar turli sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarga jalb qilinib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlarning zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Ibrat farzandlari”, “Ustoz AI”, “Mutolaa” va “UzChess” loyihalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Natijada 300 ga yaqin yoshlar ushbu loyihalarga jalb etilib, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallash, kitobxonlik va shaxmat bilan shug‘ullanish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.

✅ Bog‘bon mahallasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu boradagi faoliyatni yanada kengaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 3