Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Yoshlar maslahat guruhi harbiy qismda!
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSI
янв.21
DEHQON XO‘JALIGI – QISHLOQ XO‘JALIGI RIVOJINING MUHIM TAYANCHI
янв.21
SESSİYA QARORİ AMALDA: UZUN TUMANİDA YOSHLARNİNG YOZGİ TA’TİLİ QANDAY TASHKİL ETİLMOQDA?
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Axborot-kutubxona faoliyati — ma’rifatli jamiyat poydevori!
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-528, 11.03.2019) qisqacha sharhi
янв.21
Tashabbusli byudjet jarayonlari doirasida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda xalq vakillari va jamoatchilik uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–243-son, 29.06.2026 y.) qabul qilindi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Z. Alimov boshchiligida tuman hokimligining Qurilish bo‘limi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda “Suvta’minot” unitar korxonasi mutaxassislari ishtirokida tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda kanalizatsiya tizimini yaxshilash masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mavjud kanalizatsiya tarmog‘ining texnik holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim muassasasida sanitariya-gigiyena sharoitlarini yanada yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni belgilashga kelishib olindi. Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 7