Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📑 Yig'ilish kun tartibidan:

1-masala, Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;

2-masala, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “2026-yilda Boyovut tumanining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi VII-19-137-9-123-K/25-sonli qarori ijrosini muhokama qilish to‘g‘risida;

3-masala, Mahalliy budjet parametrlarining 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining hisoboti to‘g‘risida;

4-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Toza hudud” davlat unitar korxonasi Boyovut tumani filialining hisoboti to‘g‘risida;

5-masala, O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni (362-II-son) yuzasidan tuman Kengashi deputatlari ishtirokida jamoatchilik nazorati tizimi asosida o‘rganish yakunlari to‘g‘risida

📌 Ma'lumot uchun, yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 2026-yil 25-may (dushanba) kuni soat 14:00da bo‘lib o‘tadi.

Slide 1 of 10