O‘rganishlar davomida muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning yoshiga mos, vitaminlarga boy hamda kuniga 4-5 mahal sifatli issiq ovqat bilan ta’minlanish jarayoni batafsil ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bog‘chaning zamonaviy mebellar, ta’limiy va rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar bilan jihozlanganlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan yozgi va qishki o‘yin maydonchalarining xavfsizligi hamda talabga javob berishini ham o‘rgandi.
Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan bog'cha ma'muriyatiga bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol voyaga yetishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish doimiy nazoratda qoladi.