Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
Inom Madjidov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inom Madjidov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inom Madjidov tomonidan 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan Yashnobod tumanidagi “Donishmand” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar uchun ochiq axborot uchrashuvi tashkil etildi.

📝 Unda “Donishmand”, “Katta Yangiobod”, “Yanginur”, “Shohsanam” mahallalari, “yettiligi” vakillari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududiy muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan amaliy choralar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📁 Ta’kidlanganidek, birinchi chorak davomida deputat tomonidan mahallalarda muntazam uchrashuvlar va fuqarolar qabullari tashkil etilib, aholining murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi hamda ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, Toshkent shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy himoya, bandlik va infratuzilma masalalari yuzasidan faol ishtirok etildi.

📉 Uchrashuv davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududdagi mavjud holat ham atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yoshlar bandligi, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, sport maydonchalari holati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish tizimi, jamoat transporti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.

💡 Shuningdek, “Donishmand” mahallasi hududidagi metro bekatlari oralig‘ida joylashgan hududning bannerlar bilan to‘sib qo‘yilgani hamda ayrim yo‘llarning nosoz holati yuzasidan ko‘tarilgan murojaatlar deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilishi va masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

🗣 Ochiq muloqot yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni tizimli ravishda hal etish, navbatdagi sessiyalar kun tartibiga hududiy muammolarni kiritish hamda doimiy komissiyalar bilan hamkorlikda amaliy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4