Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputat Jumayeva Svetlana tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov bilan hamkorlikda tumandagi “Fidokor” MFY da “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, ish jarayonlarini o‘rgandi.

Deputat "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazib, yettilik bilan aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Yettilikning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha rejalar tuzildi. Mavjud masalalarni qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi.

Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalar haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishish davomida ularga parlamentda qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.

Slide 1 of 2