Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashiga 3-Xavastlik saylov okrugidan saylangan deputat Isomxonova Gulnora Sharafuddinovna Xavastlik mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi ishlar o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy ehtiyojmand hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Slide 1 of 2