“Yangiobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda Viloyat Kengashi deputati D.Radjabova birgalikda “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla raisi va mutasaddilar bilan suhbat davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo'yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#D_Radjabova #J_Donayev