Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: "Ijtimoiy reestr"dagi fuqarolarning uy-joyi obod bo‘lmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi ekspert guruhi qarorlar ijrosini qat’iy nazoratga oldi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda yoritildi
янв.21
Uzun tumanida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar barpo etilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibida tuman IIB boshlig‘ining 2026-yil I choragi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash holati bo‘yicha hisoboti tinglandi
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi

Sariosiyo tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasining 3-bandi ijrosini hamda xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining 2026-yil martdagi “Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-13-12-8-116-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi va xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli qonuni talablarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida amalga oshirilgan ishlar manzilli tahlil etildi.

 Bunda

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi xodimlar bilan davra suhbatlari tashkil etib borish ishlari:

 korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion holatlarning oldini olish borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash;

tashkilot kesimida kamchiliklarni bartaraf etish va o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarini fotolavhalari bilan birgalikda tasdiqlab, korrupsiyaga qarshi kurashish tuman komissiyasiga taqdim etib borish holatlari tahlil etildi.

Shuningdek, 

tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida ommaviy-axborot vositalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha ishlarni jonlashtirsin bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4