Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: "Ijtimoiy reestr"dagi fuqarolarning uy-joyi obod bo‘lmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi ekspert guruhi qarorlar ijrosini qat’iy nazoratga oldi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda yoritildi
янв.21
Uzun tumanida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar barpo etilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibida tuman IIB boshlig‘ining 2026-yil I choragi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash holati bo‘yicha hisoboti tinglandi
Deputat mahallada "Yettilik" faoliyati bilan tanishdi

Tuman Kengashi deputatlari Y.Safarov va M.Azamqulovalar hududdagi "mahalla yettiligi" a'zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan hududda mavjud soliq qarzdorliklarini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi. Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga yo'naltirish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan mavjud muammolarni tizimli hal etish, soliq qarzdorliklarini kamaytirish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2