Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI

DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi deputati O. Abdiyeva tomonidan “Yoshlik” MFY hududidagi fuqarolar murojaatlari asosida 7 ta xonadonning markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanmay qolganligi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur holat yuzasidan "Qashqadaryo suv ta'minoti" Muborak tumani filiali tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

📊 O'rganishlar natijasi davomida haqiqatdan ham 7 ta xonadon ichimlik suvi tarmog‘iga ulanmay qolgani aniqlandi.

Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida:

🔺xonadonlarni tarmoqqa ulash ishlari loyiha doirasiga kiritildi;

🔺pudratchi tashkilotga aniq topshiriqlar berildi;

🔺 qurilish-montaj ishlarini yaqin kunlarda boshlash va belgilangan muddatlarda yakunlash rejalashtirildi.

 Xulosa: Fuqarolarning toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berib boriladi.