Deputat va kotibiyat mutaxassisi nazorati: Tomorqadagi "qizil oltin" — qulupnaychilik daromad manbaiga aylanmoqda
⬇️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Rajabova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan "Yangi yo‘l" mahallasida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, "mahallabay" ishlash tizimi samaradorligini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🍓 Qulupnaychilik — oilaviy tadbirkorlik asosi
Navbatdagi o‘rganish manzillari mahalla turg‘unlari X.G‘afforova hamda K.Norboyevlar xonadoni bo‘ldi. Mazkur xonadon egalari o‘z tomorqalarining har bir qarichidan oqilona foydalanib, qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘yishgan.