“CHAQAR” MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILDI
⬇️14-Chaqar saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shuxrat Raxmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O'ktam Rajabov tomonidan “Chaqar” mahallasida faoliyat yuritayotgan “yettilik” a’zolarining ish jarayoni o‘rganildi.
📈 Tashrif davomida:
yoshlar bandligini ta’minlash,
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,
ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
💬 Shuningdek, “yettilik” faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Mahalla tizimida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish orqali aholi farovonligini oshirish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.