Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: "Ijtimoiy reestr"dagi fuqarolarning uy-joyi obod bo‘lmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi ekspert guruhi qarorlar ijrosini qat’iy nazoratga oldi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda yoritildi
янв.21
Uzun tumanida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar barpo etilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibida tuman IIB boshlig‘ining 2026-yil I choragi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash holati bo‘yicha hisoboti tinglandi
Nayman MFYda keng qamrovli o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi

O‘rganishlar davomida bir qator muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

 Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

 Aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarga tezkor javob berilishi hamda tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida tashkil etilishi holati tahlil qilindi.

 Mahalladagi sport infratuzilmasi — bolalar va yoshlar uchun mavjud sport maydonchalari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi anjomlar holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

 Hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

  Ijtimoiy xodim faoliyati, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida yetkazilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

 Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

 Mahalladagi soliq inspektori faoliyati, soliq tushumlarini ta’minlash va tadbirkorlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

 Ichki ko‘cha yo‘llari holati, tungi yoritish tizimi, yo‘llardagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari tez-tez uchraydigan hududlarda xavfsizlikni oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.

 Aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash darajasi va bu boradagi mavjud muammolar o‘rganildi.

 Bozorlarda aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning sifati, narx-navosi yuzasidan ham monitoring olib borildi.

 Shuningdek, mahallada oilaviy ajrimlarning oldini olish, muammoli oilalar bilan ishlash, ajralish arafasida turgan oilalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish hamda ajrashgan oilalarni yarashtirish masalalari yuzasidan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.

 O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriq va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 3