Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: "Ijtimoiy reestr"dagi fuqarolarning uy-joyi obod bo‘lmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi ekspert guruhi qarorlar ijrosini qat’iy nazoratga oldi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda yoritildi
янв.21
Uzun tumanida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar barpo etilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibida tuman IIB boshlig‘ining 2026-yil I choragi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash holati bo‘yicha hisoboti tinglandi
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari M. Eshniyozov, N. Irgasheva hamda N. Xudoyqulovalar tomonidan Navoiy shahrida boshqaruv servis kompaniyalari bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganishlar hududlarda yashovchi aholiga yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratildi.O‘rganish jarayonida, avvalo, ko‘p qavatli uylarning texnik holati, kirish yo‘laklari, tom qismi, muhandislik kommunikatsiyalari hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududlarda tozalikni saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, bolalar maydonchalari va yashil hududlarning holati ham atroflicha tahlil qilindi.

Ichki ko‘chalar bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlarda yo‘llarning sifati, yoritish tizimi, piyodalar uchun yaratilgan qulayliklar hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim hududlarda yo‘l qoplamasining eskirgani, tungi yoritish yetarli emasligi kabi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlar o‘rganish davomida boshqaruv servis kompaniyalari vakillari bilan muloqot o‘tkazib, mavjud muammolarni tezkor hal etish, xizmatlar sifatini oshirish va aholining murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish zarurligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, fuqarolar bilan ham suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

Ta’kidlanganidek, hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, aholiga qulay va xavfsiz muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur o‘rganish ishlari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida yanada samarali faoliyat yuritish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 5