Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: "Ijtimoiy reestr"dagi fuqarolarning uy-joyi obod bo‘lmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi ekspert guruhi qarorlar ijrosini qat’iy nazoratga oldi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda yoritildi
янв.21
Uzun tumanida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar barpo etilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibida tuman IIB boshlig‘ining 2026-yil I choragi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash holati bo‘yicha hisoboti tinglandi
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar kengashi deputatlari Sh. Mavlonov va A. Ergashev, shuningdek kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar 8-son umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab kutubxonasi holatini o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida kutubxona fondi, mavjud o‘quv va badiiy adabiyotlar, o‘quvchilarning kitobdan foydalanish holati hamda kutubxonaning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va kutubxona xizmatlarining tashkil etilishi ham tahlil qilindi.

Kutubxonada kitobxonlikni rivojlantirish, o‘quvchilarning darsdan tashqari bilim olishiga ko‘maklashish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mas’ullarga faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Deputatlar tomonidan maktablarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 4