Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Kengashi nima va u nima bilan shug‘ullanadi?
янв.21
Deputat soʻrovi: Maktabda yangi sport zali qurilishi masalasi oʻrganilmoqda
Hududlarda tibbiy infratuzilma yaxshilanmoqda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston MTDPdan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Q. Bobojonov Parchayuz mahallasida rekonstruksiya qilinayotgan oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, qurilish ishlarining borishini o‘rgandi.

Tashrif davomida quruvchilar bilan ishlarning sifati, bajarilish sur’ati, binoning isitish va sovitish tizimlari hamda qurilishni yakunlash muddatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan uchrashuvlar davomida tibbiyot sohasida ko‘tarilgan muammolar tuman rahbariyatiga yetkazilib, amaliy takliflar kiritilgan edi. Rahbariyatning e’tibori va to‘g‘ri yondashuvi natijasida ushbu obyektni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.

Ta’kidlash joizki, bino sifatli ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgach, hududdagi 4 ming nafarga yaqin aholi zamonaviy va sifatli tibbiy xizmatdan bahramand bo‘ladi.

Slide 1 of 4