Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

🏛Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashidagi “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📝Mazkur yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Nazarov Qudrat Jangirovich olib bordi. Yig‘ilish davomida hududda mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✅Shuningdek, yig‘ilishda amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi. Mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilandi.

📁Yig‘ilishni yuqori saviyada tashkil etishda Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

❗️Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1