Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA VA NAZORATDA

 HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA VA NAZORATDA 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Z.Xakimov tomonidan tumandagi Nayman
mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli tashkil etildi. Qabulda “mahalla
yettiligi” a’zolari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.  

Fuqarolar tomonidan asosan ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, kommunal xizmatlar
sifatini yaxshilash hamda turli maishiy muammolar yuzasidan murojaatlar
bildirildi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilgan holda, fuqarolarning
muammolari, taklif va fikrlari chuqur o‘rganildi. 

Deputat hamda tashkilot vakillari tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan
amaldagi qonunchilikka asoslangan holda batafsil huquqiy tushuntirishlar
berildi, mahalla doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar joyida ijobiy
hal etildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar
ko‘rishni talab etadigan masalalar mas’ul idora va tashkilotlarga
yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.  

Slide 1 of 3