Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UZUN TUMANIDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH MASALALARI MASOFAVIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputatlik nazorati: "Xatib qahramon" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi vakillari Do‘stlik mahallasida o‘rganishlar olib bordi
янв.21
Deputat okrugida o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputatlar maktablardagi sport sharoitlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Deputat A.Bakiyev va kotibiyat xodimi Sh.Ergasheva xonadonlarda: Amaliy muloqot va natijadorlik tahlili
янв.21
Uzun tumanida islohotlar natijadorligi: "Erkinlik" mahallasi misolida
янв.21
Deputat va kotibiyat hamkorligi: Mahalladagi o‘rganishlar tahlil markazida
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLALARDAGI ISLOHOTLAR IJROSINI O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat okrugida o‘rganish ishlari davom etmoqda
Xalq deputatlari Paxtakor tumani kotibiyati mudiri, deputat K.Mamanova tumandagi 15-umumta’lim maktabining qurilish obyektida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur maktab “Suvonobod” MFY hududida joylashgan bo‘lib, dastlab 1968-yilda moslashtirilgan binoda 120 o‘rinli qilib tashkil etilgan. 2025-yilda davlat dasturi asosida maktabni kengaytirish va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida 3 170 612 210,15 so‘m mablag‘ ajratildi.

Ajratilgan mablag‘lar doirasida pudratchi — “ZOIR-FAZLI SAVDO BARAKA” X/K tomonidan qo‘shimcha 330 o‘rinli yangi bino qurib bitkazildi.

Tashrif davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda yakuniy natijaning puxta bo‘lishiga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4