Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
HAMKORLIK VA NATIJA

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 6 bandi (mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi) ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi deputati D.Atayeva “Shodlik” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoliyatini ish samaradorligi hamda mahalladagi ajrashish yoqasida turgan oilalar holatini o‘rgandi.  

Xususan, mahalladagi ajrashish yoqasida turgan bir oilani yarashtirish borasida yuzaga kelayotgan chigal vaziyatdan xabar topgan deputat D.Atayeva tezkorlik bilan ushbu oilaga tashrif buyurib, oiladagi er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etilishiga erishdi. 

Deputatning mazkur harakati natijasida ajralishlar soni bittaga qisqarishi bilan bir qatorda 2 nafar farzandlarning ota yoki ona mehridan judo bo‘lishini oldini oldi olinishiga muvaffaq bo‘ldi.