Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
MAHALLADA IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAM AMALIYOTI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Qoraboyeva, kotibiyat bosh mutaxassisi M. Mahmudov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti raisi G. Raximova tomonidan O'zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi. Unda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, hududda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi ko‘magida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xususan kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududdagi tadbirkor Sh.Burhonov tomonidan imtiyozli kredit asosida maxsus himoya qo‘lqoplari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani va ushbu faoliyat orqali imkoniyati cheklangan fuqarolarning ish bilan ta’minlangani joyiga chiqqan holda o‘rganilib, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasi sifatida qayd etildi.

Slide 1 of 4