Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Mahallada ijtimoiy xizmat sohasi tahlil qildi

 Mahallada ijtimoiy xizmat sohasi tahlil qildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Xakimova Guliston mahalla fuqarolar
yigʻinida ijtimoiy xizmatlar sohasini batafsil tahlil qildi. Bunda, mahalla
ijtimoiy xodimining 2026-yilning birinchi choragi mobaynida ijtimoiy himoyaga
muhtoj aholi qatlamiga koʻrsatilgan xizmatlar samaradorligi va ularning amaliy
natijalari alohida oʻrganildi va tahlil qilindi. 

Oʻrganishlarda asosiy eʼtiborlardan biri, ogʻir ahvolga tushib qolgan va shunday holatga
tushish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning
ehtiyojlariga qarab kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat va
yordam koʻrsatish ijtimoiy xodim tomonidan qay tarzda bajarayotganligiga
qaratildi.  

Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ijtimoiy xodimga
tegishli tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, deputat ijtimoiy xodim hamrohligida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”
roʻyxatidagi oilalar xonadonlariga borib, ularning muammolari, koʻrsatilayotgan
xizmatlar sifati bilan tanishdi. Xonadon sohiblari bilan uyushtirgan suhbati
davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan
masʼullar bilan kelishib olindi.  

Slide 1 of 2