Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablarining sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati atroflicha o‘rganilmoqda. Sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari, shuningdek, inventarlarning yetarliligi va foydalanish darajasi tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna Parkent tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab sport zalining holati, mavjud sport anjomlari, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.Oʻrganish jarayonida maktablardagi sport anjomlari va jihozlaridan unumli foydalanilayotgani aniqlandi. Shuningdek tadbir davomida o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. 

Slide 1 of 4