Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mehnat” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va kreditlar samaradorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kengash raisi va Kotibiyat mudiri mahalla yettiligi faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi: "Ulanqul" mahallasida ijtimoiy ko‘mak ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Malandiyon mahallasi aholisining yo‘l bilan bog‘liq muammosi deputat nazoratiga olindi
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA QONUN USTUVORLIGI — DOIMIY NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining VII-15-24-8-118-K/26-sonli qarori ijrosi: D.Safarova va O‘.Rajabov boshchiligidagi ishchi guruh "Mehnat" mahallasida bo‘ldi
янв.21
Obodlik — barchamizning burchimiz!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 24 ta muhim yo‘nalish asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati tahlil qilindi
янв.21
MAHALLA OBODLIGI VA TOMORQA DAROMAD MANBAI: DEPUTATLAR O‘RGANISHI DAVOM ETMOQ
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova tashabbusi bilan "Navro‘z" mahallasida aholi salomatligini mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

"Ma'naviyat" mahallasi hududida, Dehqon bozori atrofidagi tashlandiq maydon endi tartibli avtoturargohga aylantirilmoqda! 

Bu tashabbus — bozor kunlari transport joylashtirish muammosidan aziyat chekkan mahalla aholisining ko‘p yillik talabi edi.

✅ Nima qilinmoqda?

Tashlandiq hudud zamonaviy va qulay avtoturargoh sifatida jihozlanmoqda. Bu nafaqat mahalla sakinlari, balki bozorga keluvchi minglab fuqarolar uchun ham sezilarli qulaylik yaratadi. Avval ushbu muammo ko‘p bora kuzatilgan bo‘lib, ayniqsa bozor kunlari transport vositalarini joylashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelardi. Endilikda ushbu tashabbus orqali tartibli va qulay infratuzilma shakllantirilmoqda.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Alibek Amanlikov ishtirokida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari Komiljon Abdaliyev hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Inom Bababekov bilan birgalikda ishlar tizimli ravishda tashkil etildi.

Ushbu loyiha aholi murojaatlariga tezkor va amaliy yondashuvning yana bir yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3