Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Eshmuradova Hafiza Saydullayevna Yangiobod mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida:
– ijtimoiy xizmatlarning aholiga ko‘rsatilish sifati,
– kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni
qo‘llab-quvvatlash jarayonlari,
– nafaqalar va moddiy yordam tayinlash tartibi,
– oila va fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
mexanizmlari batafsil o‘rganildi.
Deputat tomonidan ijtimoiy xodimga bir qator
amaliy tavsiyalar berildi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada
takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.