Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar deputatlar nazoratida

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2025-yil 12-sentabrdagi tegishli qaror asosida ajratilgan mablag‘lar doirasida shahar 3-sonli oilaviy poliklinikasini jihozlash holati joyiga chiqib o‘rganildi. 

🔹O‘rganishda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raislari A.Mahkamov, X.Abdurahmonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova poliklinika bosh vrachi O.Sotvoldiyev ishtirok etdilar.

🔹Ma’lum qilinishicha, tashabbusli budjet mablag‘lari hisobidan poliklinika uchun 4 ta infokiosk, 116 ta kompyuter, 56 ta planshet, 50 ta ko‘p funksiyali printer va 17 ta smart monitor xarid qilingan. Ushbu texnik vositalar tibbiyot muassasasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qilishi lozim.

Shu bilan birga, o‘rganish davomida ayrim jihozlardan samarali foydalanish, ularni to‘liq ishga tushirish hamda tizimli yo‘lga qo‘yish borasida kamchiliklar mavjudligi ham ko‘zga tashlandi. Ayrim qurilmalarning amaliyotda yetarlicha samarali ishlatilmayotgani, xodimlarning texnik imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayotgani bu borada qo‘shimcha choralar zarurligini ko‘rsatmoqda.

Deputatlar tomonidan mazkur masalalarga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ta’kidlanganidek, ajratilgan mablag‘lar va xarid qilingan jihozlar o‘z samarasini berishi uchun ularning to‘g‘ri va to‘liq ishlatilishi muhim ahamiyatga ega.

O‘rganish ishlari davom ettirilishi hamda mavjud muammolar yuzasidan aniq choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 7