📢 DEPUTAT SO‘ROVI: Chorva salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi e’tiborda
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi raisi Arslon Uzakov tomonidan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘iga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovdan ko‘zlangan maqsad:
2025-yilning kuz oylarida tumanimiz hududidagi yirik va mayda shoxli qoramollar o‘rtasida:
Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish;
Chorva mollarining sog‘ligini mustahkamlash;
Chorvachilik xo‘jaliklari barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida aniq ma’lumot olish.
⚖️ Qonun talabi:
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga asosan, mazkur so‘rovga 10 kun muddatda javob qaytarilishi shart.
Eslatib o‘tamiz: Deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga binoan javobgarlikka sabab bo‘ladi.