Mazkur yo‘llarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari Respublika avtoyo‘l tizimi mablag‘lari hisobidan olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi.