Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
#deputat_hududlarda #qonun_targiboti

#deputat_hududlarda #qonun_targiboti

Sariosiyo tumani Ma'naviyat maskanida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimov ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

🫥O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari hamda Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek Oliy Majlis Senatining tegishli qonunlar hamda Senat yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan Qonun ko'rib chiqilgani, unda hukumat aʼzoligiga taqdim etilgan shaxslar va hokim lavozimiga nomzodlar endi o‘z faoliyat dasturlari bilan bir qatorda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejalarini ham taqdim etishi shart etib belgilanayotgani, bu esa rahbar kadrlarning masʼuliyatini oshirishga va halollik tamoyillariga sodiqligini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi. (http://senat.uz/)

Shuningdek, tadbir jarayonida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.

Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3