Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Rekonstruksiya ishlari holati o‘rganildi

 Rekonstruksiya ishlari holati o‘rganildi. 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2025 yil 21 oktyabrdagi “Suv resurslari yo‘qotilishining oldini olish hamda irrigatsiya
tarmoqlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 660-son Qarori ijrosi doirasida
“Dehqonobod” kanalining 10,2 km. uzunlikdagi qismini rekonstruksiya qilish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar. 

Mazkur loyiha qiymati 9 milliard 300 million so‘mga teng bo‘lib, rekonstruksiya ishlari “Muhammad
Layd” MChJ tomonidan olib borilmoqda. O‘rganishlar davomida deputatlar asosiy e’tiborni
bajarilayotgan ishlarning sifatiga qaratdilar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish bo‘yicha qurilish mas’uliga o‘z tavsiyalarini berdilar.  

Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida avvalo suvning behuda yo‘qotilishining oldi olinadi,
tumandagi Madaniyat, Pastki hamda Yuqori Xonobod, Pastki va Yuqori Xo‘ja-Hasan,
Turkrovot, Qorashox va Katta Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi
46 ta fermer xo‘jaliklarining ekin yer maydonlarini hamda aholi tomorqasini sug‘orish
sharoitlari yaxshilanadi.  

Slide 1 of 9