Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

🏫 Loyiha doirasida deputat saylov okrugida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, muassasadagi xonalarning issiqlik darajasi, bolajonlar uchun tashkil etilgan ovqatlanish tizimi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

🏥 Shuningdek, hududda joylashgan oilaviy shifokorlik punkti (OSHP)da olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayoni ko‘zdan kechirilib, ularning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Tibbiyot muassasasida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati ham deputat tomonidan o‘rganildi.

👩 Bundan tashqari, deputat mahalladagi tadbirkor xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning faoliyati, mavjud muammolari va takliflari yuzasidan fikr almashdi. Aholi murojaatlari bilan kelgan fuqarolar bilan ham ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari tinglandi hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.

Mazkur loyiha doirasida olib borilgan ishlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada yaxshilash, aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni tizimli hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 10