Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish — ustuvor vazifa

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda bosh mutaxassislari ishtirokida muhim ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlar ish samaradorligini oshirish hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Ushbu hujjatlarni hududlarda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, ularning amaliy natijadorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, deputatlarning o‘z saylov okruglarida faoliyatini kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish va fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash masalalari muhim yo‘nalish sifatida belgilandi.

Muhokamalar jarayonida deputatlar faoliyatini yanada tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savollar hamda 96 ta zarur qonun asosida ishlarni tashkil etish zarurligi qayd etildi. Bu esa deputatlik faoliyatining aniq mezonlar asosida olib borilishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, hududlarda ijtimoiy obyektlar holatini joyiga chiqib o‘rganish, mahalla “yettilligi” faoliyatini tahlil qilish, ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda muammolarni manzilli hal etish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Yig‘ilishda axborot siyosati masalalari ham muhokama qilinib, Kengashlar faoliyatining ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi darajasi tahlil qilindi. Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish, e’lon qilinayotgan materiallarning mazmuni va sifatini oshirish muhimligi qayd etildi.

Yakunda Kengash ish rejasini o‘z vaqtida ijro etish, sessiyalarni belgilangan tartibda tashkil etish, doimiy komissiyalar faoliyatini tizimlashtirish hamda kotibiyatlar tomonidan deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘makni kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini qat’iy nazoratga olish, deputatlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada faollashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3