Xususan, “Ma’rifat” mahallasidagi 500 metrli yer osti yopiq drenaj tarmog‘i ko‘p yillar davomida ishlamay kelgani va bu holat ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalariga suv sizib kirishiga sabab bo‘layotgani aniqlandi. Mazkur murojaat mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, muammo qisqa muddat ichida bartaraf etildi.
Mavjud muammoni hal etish jarayonida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda shahar Suvoqova korxonasi xodimlari hamkorlikda maxsus “Elasos” avtotexnikasi yordamida drenaj tarmog‘i tozalandi. Natijada 500 metr uzunlikdagi nosoz holga kelib qolgan yer osti drenaj quvurlari to‘liq tozalanib, ishchi holatga keltirildi.