Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati: "Tashabbusli budjet" loyihasiga to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rganildi
янв.21
Uzun tumani mahalliy budjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish holati yuzasidan o‘rganish natijalari
янв.21
24_ta_masala
янв.21
Prezidentimizning PQ-383-sonli qarori ijrosi doirasida Uzun tumanidagi 11-sonli bog‘cha tubdan rekonstruksiya qilinmoqda.
янв.21
QONUN USTUVORLIGI — ISLOHOTLAR SAMARADORLIGINING GAROVIDIR
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST.
янв.21
Infratuzilma rivoji — aholi farovonligi asosi: Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorlikda
янв.21
RASMIY OGOHLANTIRISH
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Abdusamad Bakiyev o'ziga biriktirilgan qonunlarning mazmun mohiyati haiqda aholi bilan yuzma-yuz muloqot va huquqiy targ‘ibot tadbirini olib bordi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputat Q.Raxamov tomonidan “Chag‘atoy” mahallasida joylashgan 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining holati, issiqlik tizimining ishlash holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, shuningdek, bolalarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va kunlik ovqatlanish ratsioni atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillariga amaliy tavsiyalar berildi. Mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 4