Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 23.09.2020-yildagi 637-sonli qonuni targ‘iboti haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 23.09.2020-yildagi 637-sonli qonuni targ‘iboti haqida

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Mo’gol saylov okrugidan saylangan deputat U.Almanov hamda mahalla yettiligi vakillaridan xotin-qizlar faoli D.Xudoyberdiyeva, profilaktika inspektori M.Murodov bilan hamkorligida 45-umaumta’lim maktabi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni targ‘iboti bo’lib o’tdi.Ushbu uchrashuvda ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish,uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish,ta’lim turlari va shakllarini belgilash,ta’lim ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Qonunning mazmun-mohiyati (targ‘ibot asoslari)
· Ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi
· Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantiradi
· Ta’lim turlari va shakllarini belgilaydi
· Ta’lim ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini aniqlaydi
· Ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlarini belgilaydi

Qonun barcha fuqarolarga teng ta’lim olish huquqini kafolatlaydi.
Qonunni targ‘ib qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
· Aholiga qonunning mazmunini tushuntirish
· Yoshlar va talabalar ongida huquqiy madaniyatni oshirish
· Ta’lim tizimidagi islohotlarga ijobiy munosabat shakllantirish
· O‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalarning huquq va majburiyatlarini anglatish
Qonunda belgilangan muhim jihatlar (targ‘ibotda yoritiladi)

Ta’lim turlari
· Maktabgacha ta’lim
· Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
· Professional ta’lim
· Oliy ta’lim
· Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
· Malaka oshirish va qayta tayyorlash
Davlat ta’lim standartlari
· Ta’lim sifati va mazmuniga talablar belgilanadi
· Barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy
Xulosa qilib aytganda.“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun targ‘iboti — bu nafaqat huquqiy tushuntirish, balki jamiyatda ta’limga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, yoshlarni bilimli va malakali qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan muhim jarayondir.

Slide 1 of 3