Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi amalda: G‘urros kanali yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalar xavfsiz holatga keltirilmoqda!
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputat faoliyati: Mahalla "yettiligi" bilan muloqot va hamkorlik
янв.21
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!
янв.21
22-Fayzavo saylov okrugida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Yangi yo‘l mahallasida bahor tarovati: Doshqozonda sumalak pishirildi
янв.21
Mahalla obodligi — yo‘l obodligidan boshlanadi
янв.21
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Uzun tumanida milliy qadriyatlar tarannumi: "Sumalak sayli"
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi “Novdak” mahallasida bo‘lib, hududda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Joriy yil boshidan buyon 15 nafar yoshlarning bandligi ta’minlanganligi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kurslari xarajatlarini qoplab berish, yo`nalishda 2 nafar yoshning tahsil olayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, 3 nafar o‘quvchi-talabaning to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish rejalashtirilgan. Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul o‘tashi uchun esa 2 nafar yoshlar yuborilgan. 

Slide 1 of 2