Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Surxondaryoda mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamli transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ustuvorligi — xotin-qizlar himoyasi kafolati.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil aprel oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlarining haftalik ish rejasi:
янв.21
🗓 HAFTALIK DAYJEST: DEPUTAT NAZORATI VA AMALIY NATIJALAR
янв.21
“Oqostona” mahallasi ahliga rahmat, endi navbat mutasaddilarga!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: 77-sonli oilaviy poliklinikada aholiga dori vositalari yetkazib berilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat va mahalla hamkorligi
янв.21
Uzun tumanidagi 31-sonli MTTda infratuzilmani rivojlantirish ishlari ko‘zdan kechirildi
Doimiy komissiya yig‘ilishi

 Joriy yilning 16-mart kuni xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining mahalliy budjet,
tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh. Rajabovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlari
yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarorining shahardagi ijrosi to‘g‘risida”gi hisoboti,
“Hunarmand” uyushmasi shahar bo‘limi rahbari M.Jabborovaning “Shaharda hunarmandchilikni rivojlantirish yuzasidan mavjud normativ huquqiy hujjatlar ijrosi holatini o‘rganish va natijalari to‘g‘risida”gi hisoboti hamda Zarafshon shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi M.Usmanovning “Zarafshon shahardagi Navro‘z mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahalla toifasiga o‘tkazish hamda zarur infratuzilmani yaratish uchun mahalliy budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘larning
sarflanishi bo‘yicha manzilli dastur to‘g‘risida” gi hisoboti tinglandi.
Doimiy komissiya a’zolari ushbu sohalarda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi. Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ushbu masalalarni xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan xulosalar berishdi. 

   

Slide 1 of 6