Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Abdusamad Bakiyev o'ziga biriktirilgan qonunlarning mazmun mohiyati haiqda aholi bilan yuzma-yuz muloqot va huquqiy targ‘ibot tadbirini olib bordi.
янв.21
Surxondaryoda mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamli transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Qonun ustuvorligi — xotin-qizlar himoyasi kafolati.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil aprel oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlarining haftalik ish rejasi:
янв.21
🗓 HAFTALIK DAYJEST: DEPUTAT NAZORATI VA AMALIY NATIJALAR
янв.21
“Oqostona” mahallasi ahliga rahmat, endi navbat mutasaddilarga!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: 77-sonli oilaviy poliklinikada aholiga dori vositalari yetkazib berilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq bilan muloqot: Deputat va mahalla hamkorligi
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA 300 DAN ZIYOD KO‘CHAT EKILDI

Hududni yanada obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Abbos Isakulov tashabbusi bilan keng ko‘lamli ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir hududni ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni asrash va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Aksiya davomida hududning turli qism va ko‘chalari bo‘ylab 300 dan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Ushbu ko‘chatlar kelgusida hududning yanada ko‘rkam, yashil va fayzli bo‘lishiga xizmat qilishi, aholiga toza havo va qulay muhit yaratishi kutilmoqda.

Mazkur xayrli tashabbusda mahalla faollari, yoshlar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, ko‘chat ekish va hududni obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.

Slide 1 of 6