Elektr ta’minoti — aholi farovonligining
muhim omili
🔹 Farg‘ona tuman Kengashining
2025-yil 25-avgustdagi VII-11-82-11-163-K/25-sonli qarori ijrosi doirasida hududlarda
elektr ta’minotini yaxshilash ishlari jamoatchilik nazoratiga olindi. Vaziye va
Xurshidi Tobon MFYlarida amalga oshirilayotgan ishlar deputat Diloromxon
Toshboltaeva tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
🔹 O‘rganishlar natijasida qaror
bilan tasdiqlangan beton tayanch ustunlari mahallalarga yetkazilib, o‘rnatilgani
aniqlandi. Bu — o‘nlab xonadonlarda elektr ta’minoti barqarorligi, xavfsizligi
va uzluksizligini ta’minlash yo‘lidagi amaliy qadamdir.
🔹 Eng muhimi, ishlar qog‘ozda emas,
amalda bajarilmoqda. Fuqarolar amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan mamnun ekanliklarini
bildirib, davlatimiz rahbariga minnatdorchilik izhor etdilar.
Jamoatchilik nazorati
— ochiqlik va mas’uliyat demakdir.
Har bir qaror ijrosi nazoratda, har bir o‘zgarish — xalq manfaati yo‘lida.
Telegram | Facebook | YouTube