🔴Karmana tumanida oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlarning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
✅ Karmana tumani kengashi deputati Feruza Jumayeva va Mirsaid Bahrom MFY yoshlar yetakchisi Sanjar Ramazonov tomonidan mahalladagi sport inshootlari hamda maydonchalari holati o‘rganildi.
Shuningdek, mahalla hududida joylashgan Karmana tumani 2-son texnikumidagi sportzal va futbol maydoni, sport inventarlari va jihozlari ko‘rildi.