Yangiliklar

Deputat “Shoxnigor” MFYda oʻrganish tadbirlarini olib bordi.

Mahallada bugungi kunda mahalla yettiligi sayi-harakati bilan issiqxonalar 35 taga yetgan boʻlib, deputat shunday issiqxona tashkil qilgan Shahnoza Avezova xonadonida boʻldi. Fuqaro 60 sotixli zamonaviy issiqxonasida pomidor koʻchatlarini oʻtkazgan. Bulgʻor qalampiri yigʻishtirib olingach, koʻchatlar qirqirib dorilanib, qator orasiga pomidor koʻchatlari qurilgan. Fuqaroning yillik daromadi 200 mlndan oshgan, keyingi yil yuqori marra koʻzlangan. Tomorqa ishi–jismoniy faollik, tomorqaning obod boʻlishi esa - qoʻshimcha daromad, kambagʻallik degan soʻzga oʻrin yoʻq degan oddiy tushunchalarni hayotga tadbiq eta olsak, koʻzlangan maqsadlarga erishiladi.

Slide 1 of 7