O‘rganish jarayonida ko‘chalar va xonadonlar atrofini tartibga keltirish, hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda mahalla qiyofasini zamonaviy va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌿 “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” tamoyili asosida mahallalarni obod va ko‘rkam hududlarga aylantirish, aholiga qulay va munosib yashash muhitini yaratish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Shu nuqtai nazardan, “ Yangiavlod” mahallasida boshlangan amaliy ishlarni izchil davom ettirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va hudud obodligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Obodlik — har bir xonadondan, farovonlik esa har bir mahalladan boshlanadi!