Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DEPUTAT VA SENATORNI CHAQIRIB OLISH ASOSLARI

🟢 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini javobgarlikka sabab bo‘ladigan tarzda buzish;
🟢 Deputatlik odobi va umum e’tirof etilgan axloq normalarini qo‘pol ravishda buzish, deputat yoki senator nomiga dog‘ tushiruvchi hamda davlat hokimiyati vakillik organlari obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etish;
🟢 Qonunchilikda belgilangan vazifalarni uzrli sabablarsiz muntazam ravishda bajarmaslik, jumladan Kengash, Qonunchilik palatasi, Senat va ularning organlari topshiriqlarini bajarmaslik;
🟢 Deputatning uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya oldidagi majburiyatlarini bajarmasligi.

📄 Manba: “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida”gi Qonun, 1-modda.