35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH, BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan hudud — “Bo‘ston” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida hokim yordamchisi Ashurov Alimardon tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.Hokim yordamchisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, “Mahalla loyihasi” hamda “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida tijorat banki bilan hamkorlikda 26 nafar fuqaroga jami 560 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.Shuningdek, 4 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilib,vaucher asosida ta’lim olgan hamda o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan.Joriy yilning 8 oyi davomida mahallada 45 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan, 65 nafar fuqaro esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bundan tashqari, 8 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar amalga oshirilib, ularning amaliy faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Nazorat tadbiri yakunida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, shuningdek, ajratilgan kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda amalga oshirilgan mikroloyihalarning samaradorligini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2