35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi R.G‘ofurova tomonidan Parkent tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Krasnogorsk oilaviy poliklinikasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati jamoatchilik asosida o‘rganildi. O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, bepul dori vositalarini qabul qilish,saqlash va fuqarolarga yetkazib berish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.Mazkur masalalar yuzasidan Tibbiyot birlashmasi shifokori Yergashov Yo‘lchiboy Hayitboyevich tomonidan poliklinikada aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.Jumladan, muassasada aholiga 28 turdagi dori vositalari bepul berilishi belgilangan.O‘rganish jarayonida birinchi tibbiy tez yordam uchun zarur bo‘lgan 15 nomdagi dori vositalari poliklinikaning o‘zida mavjudligi, qolgan 13 turdagi dori vositalarini olish uchun fuqarolar tuman markazidagi markaziy dorixonaga murojaat qilishi ma’lum bo‘ldi.Mazkur tartib, ayniqsa, bemorlar va tibbiy yordamga muhtoj fuqarolar uchun qo‘shimcha noqulayliklar keltirib chiqarishi qayd etildi.Shundan kelib chiqib, deputat tomonidan bepul dori vositalarini fuqarolarga yanada qulay yetkazib berish masalasini navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilish va tuman tibbiyot birlashmasi rahbariga tegishli taklif kiritish belgilandi.Xususan, dori vositalarini faqat tuman markazidagi dorixona orqali emas, balki aholiga qulay bo‘lgan hududlardagi dorixonalar orqali tarqatish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etiladi.Tadbir davomida deputat poliklinikaga murojaat bilan kelgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari, xususan, hamshiralar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularning muammolari, taklif va ehtiyojlarini tingladi.Muloqot davomida aholining sog‘lig‘ini asrash, tibbiy xizmatlardan foydalanish va bepul dori vositalari bilan ta’minlanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan murojaat va takliflarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, masalalarni nazoratga olish belgilandi.Shuningdek, muassasada raqamli tibbiy xizmatlarni joriy etish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, DMED ilovasi orqali oilaviy shifokor qabuliga onlayn yozilish, tashriflar tarixini kuzatish hamda fuqarolar uchun qulay vaqtga elektron navbat belgilash imkoniyatlari amaliy jihatdan o‘rganildi.O‘rganish yakunida aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda bepul dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada qulaylashtirish bo‘yicha tegishli taklif va amaliy choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.  

Slide 1 of 7