35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI

⚖️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, ovoz berish yakunlangach, g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash mumkin. Bunda Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari yoki iqtisod qilinib Jamgʻarmaga qaytarilgan mablagʻlar hisobidan keyingi oʻrinlardagi loyihalarni (ushbu loyihalarga yetmagan mablagʻni toʻliq ajratgan holda) qoʻshimcha tarzda gʻolib deb eʼlon qilish vakolati berilgan.
Shu asosda, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida 2026-yil ikkinchi mavsumida “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihani qo‘shimcha g‘olib loyiha sifatida e’lon qilish hamda uni moliyalashtirish uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
🔹 Mazkur masala yuzasidan 2026-yil ikkinchi mavsumidagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra 10-o‘rinni egallagan "Sharilloq mahallasidagi Boyqishloq, Sharilloq, Yangibozor, Zamin, Bog‘iston va Sharshara ko‘chalarining jami 3000 metr qismini ta’mirlash" loyihasi yuzasidan tuman Kengashi deputatlari va tuman Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a'zolari Eksper guruhi a'zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganishlar davomida hududdagi yo‘llarning mavjud holati, aholining kundalik harakatlanishida yuzaga kelayotgan muammolar hamda loyihani amalga oshirish zarurati joyiga chiqib atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalla faollari, loyiha tashabbuskori va fuqarolar bilan uchrashilib, ularning fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi. Loyiha amalga oshirilishining aholiga keltiradigan naf va samarasi, ijtimoiy ahamiyati hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashdagi o‘rni o‘rganildi.
🤝 O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, mazkur loyihaning amalga oshirilishi ko‘plab fuqarolarni qiynab kelayotgan yo‘l muammosini bartaraf etish, aholining qulay va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 2