35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
RASMIY MUNOSABAT
янв.21
Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Yirik moliyaviy hamkorlik — yangi loyihalar uchun mustahkam zamin
янв.21
Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
12-SONLI DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
Lalmikor mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda
янв.21
Sharq yulduzi mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi
янв.21
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Nukus tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 30-“G‘ishtko‘prik” saylov okrugidan saylangan deputat J.Xusanov tomonidan “G‘ishtko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganishlar olib borildi.

Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad — ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti va ijtimoiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarini aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash, shuningdek, oilalarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash va tegishli mezonlar asosida reyestrdan chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

O‘rganishlar davomida Madaliev Jahongir, Matqobilov Gulchehra, Movlonova Muqaddashon, Rahimova Ulmashonning G‘uzor ko‘chasi 4/1-uydagi ko‘p qavatli xonadonlari, Han Valya, Qosimova Sohibaxon, Mahkamova Mutabarning Sarboz ko‘chasi 31-uydagi ko‘p qavatli xonadonlari, shuningdek, G‘uzor ko‘chasi 40-uyda istiqomat qiluvchi Ilhom Komolov xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashriflar davomida oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, oilaviy va ijtimoiy holati, daromad manbalari, bandligi hamda mavjud ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur yo‘nalishlar belgilab olindi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda har bir xonadonning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mehnatga layoqatli oila a’zolarini bandligini ta’minlash hamda ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarga mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida tushuntirish berish hamda ularni ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralarni davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2